Uzcosmos va AQSh univeristeti o‘rtasida memorandum imzolandi
2026-04-08 11:30:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Uzcosmos agentligi yangi avlod muhandislarini tayyorlash, kosmik texnologiyalar bilan ishlovchi yoshlar avlodini shakllantirish maqsadida kosmik ta’lim yo‘nalishida ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Xususan, Toshkentdagi American University of Technology universiteti bilan imzolangan memorandum bunga yorqin misoldir. Uning doirasida STEM va qo‘shma akademik dasturlarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ekspertlar ishtirokida bilim almashish, talabalar uchun Space Club va amaliy loyihalarni ishlab chiqish, CubeSat va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish kabi tashabbuslar o‘rin olgan






