“O‘zbekkosmos” agentligi jamoasi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha muhtarama onaxonlar va aziz opa-singillarimizni samimiy muborakbod etadi. Sizlar tufayli har bir xonadon va har bir jamoada mehr, nafislik va iliqlik hukm suradi.
2026-03-08 09:45:00 / Yangiliklar

Sizlar tufayli har bir xonadon va har bir jamoada mehr, nafislik va iliqlik hukm suradi. Ayolning mehr-muhabbati, sabr-toqati va donoligi jamiyatimiz barqarorligi, kelajak avlod tarbiyasi, oilalarimiz baxtining mustahkam poydevoridir.
Muqaddas ayollarimizga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!
