Qashqadaryoda sun'iy intellekt va aerokosmik texnologiyalar orqali raqamli transformatsiyani rivojlantirish sohasi muhokama qilindi
2026-01-16 09:20:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida turli sohalarda aerokosmik texnologiyalarni tatbiq etish va ushbu texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda viloyatdagi mas’ul sohaviy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi va bu borada agentlikning faoliyati hamda vazifalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Agentlik bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligi, kadastr, agrosanoat hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, irrigatsiya-havza tizimlari, baliqsanoati, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida ko‘plab imkoniyat hamda monitoring ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Taqdimot davomida viloyat hokimi tomonidan bir qancha taklif va mulohazalar bildirilib, viloyatdagi sohaviy mutasaddi rahbarlarga mazkur jarayonlar bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.




