“O‘zbekkosmos” agentligida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi
2026-01-14 18:10:00 / Yangiliklar

“O‘zbekkosmos” agentligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir yuqori tashkiliy saviyada tashkil etildi va bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy armiyamiz nufuzini yuksaltirish, mudofaa salohiyatini oshirish, Qurolli Kuchlarning mamlakat tinchligi va daxlsizligini ta’minlashdagi muhim o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, tinchlikni asrash, mamlakat barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlash, O‘zbekiston xalqining tinch va farovon hayotini saqlash yo‘lida milliy armiyamizning o‘rni beqiyos ekani, Vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli burchi ekani alohida qayd etildi. Ushbu yo‘lda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi.
Ushbu sana munosabati bilan hamda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash va xavfsizligini taʼminlashga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun “O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining maxsus esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar.


