"Raqamli avlod qizlari"
2025-11-04 09:30:00 / Yangiliklar

"Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovining yangi mavsumi oldidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan 55-maktabda mahorat darslari tashkil etildi.
Unda sohaga qiziquvchi qizlar ishtirokida loyihalar ishlab chiqish, startaplar ustida ishlash hamda bozorga kiritish kabi sohalarda mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot o‘rnida: Nukus shahridagi 55-maktabda "Raqamli avlod" o‘quv markazi faoliyat yuritmoqda va bu yerda yoshlar zamonaviy kasb-hunar o‘rganishmoqda.
➖ Mazkur o‘quv markazida xususan:
➖Axborot texnologiyalari;
➖Mexatronika tizimi, dasturlash va ishga tushirish;
➖Kompyuter tizimlari va komplekslarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash(AKT texnik);
➖Grafik dizayn;
➖3D modellashtirish;
➖Foto va video bilan ishlash (Videografika) yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarga asoslangan kasbiy tayyorlov kurslari tashkillashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni tanlovning birinchi bosqichiga start beriladi. Unda 92 ming nafardan ortiq qizlar ishtirok etish uchun ariza topshirishgan.
