urkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar Ittifoqining 8-Bosh Assambleyasi tashkil etildi
2025-10-15 14:00:00 / Yangiliklar
Bugun poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar Ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-Bosh Assambleyasi tashkil etildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova ochib berdi va hamkorlikdagi loyihalar haqida so‘z yuritib, tadbir ishida omad tiladi.
Assambleyada TDT bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy Akademiya prezidenti, proffessor Shahin Mustafayev, TÜRKÜNİBga a’zo OTM rahbarlari, 69 ta xorijiy universitetlardan jami 200 nafarga yaqin rektor va prorektorlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida:
TÜRKÜNİBga yangi universitetlarning a’zolik arizalarini ko‘rib chiqish,
TÜRKÜNİB va Orxun almashinuv dasturini takomillashtirish bo‘yicha takliflar,
TÜRKÜNİB uchun doimiy kotibiyat va maxsus dastur jamg‘armasini tashkil etish,
Orxun almashinuv dasturi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti ilmiy-tadqiqot, innovatsiya jamg‘armasiga oid takliflar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston tomonidan Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusi ham muhokama etildi.
