"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2024-03-30 13:25:00 / Yangiliklar

"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashgani ishtirokchi qizlarimizni behad quvontirdi va ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi.
5 kun davom etgan ushbu IT tadbirimizda butun Respublika bo‘ylab 3000 nafarga yaqin qizlarni qamrab oldik.
Zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi bo‘lgan qizlarimiz sonining kundan-kunga oshib borayotgani juda quvonarli holat, albatta.
Ularning shijoati, yangi bilimlarni egallashga chanqoqligi ko‘ngillarimizni faxr va iftixorga to‘ldiryapti.
Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchi qizlarimiz 4 ta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
Digital Art yo‘nalishida: "Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi" loyihasi,
Startap loyihalar yo‘nalishida: "Choose and cook" loyihasi,
Grafik dizayn yo‘nalishida: 70 yil avval va so‘nggi 7 yilda xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar tahliliga bag‘ishlangan taqdimot,
Startap loyihalar yo‘nalishida: "Bir qadam" loyihalari g‘olib deb topildi.
Gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.
Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilayman!
Qizlarimiz o‘z ustlarida ishlab, bundan keyingi “Raqamli avlod” loyihalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi, deb umid qilaman.
