O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilarini kasbga o‘rgatish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-09-11 16:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Tatariston Respublikasining "Alabuga" AJ Bosh direktori o‘rinbosari Ildar Tazutdinov bilan uchrashdi.
Unda “Alabuga” tashkiloti bilan O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilarini kasbga o‘rgatish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Vazirlik va “Alabuga” o‘rtasida o‘quvchi yoshlarni kasbga tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida maktab o‘quvchilarini “Business Cats” kompyuter iqtisodiy strategiyasi asosida tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik asoslariga o‘qitish dasturi amalga oshiriladi.
