Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining 2-bosqichi yakuniga yetdi
2025-07-03 17:05:00 / Yangiliklar

Unda 300 nafardan ortiq trener (mentor)lar ishtirokida:
➖ zamonaviy taʼlim dasturlariga kirish (Marshall Cavendish Education (MCE) dasturlari asosida);
➖ “Kinder Thinkers” dasturi mazmuni va metodik yondashuvlari;
➖ “Bigee Tots” dasturining mazmuni va amaliy qoʻllanilishi;
➖ Primary Mathematics Grade K (Kindergarten) dasturi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tafakkur va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish metodikasi;
➖maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida STEAM yondashuvining metodik asoslari va amaliy qoʻllanilishi;
➖bolalarga kashf qilish, tajriba oʻtkazish va muammolarni ijobiy hal qilishni oʻyinlar orqali oʻrgatish;
➖maktabgacha taʼlimda kuzatuv va baholash, bolani har tomonlama rivojlantirishda zamonaviy yondashuv boʻyicha mahorat darslari va MTTlarda amaliyotlar tashkil etildi.
