“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi: navbatdagi mavsum 27-martdan boshlanadi
2025-03-13 13:05:00 / Yangiliklar

2025-yilgi mavsum uchun tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 27-martidan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Unda Respublikamiz bo‘ylab jami 7956 ta jamoa bellashadi.
Hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 637 ta maktab jamoasi, 3185 nafar o‘quvchi, (87.7%)
Andijon viloyati — 743 ta maktab jamoasi, 3715 nafar o‘quvchi, (97.8%)
Buxoro viloyati — 487 ta maktab jamoasi, 2435 nafar o‘quvchi, (91.4%)
Farg‘ona viloyati — 910 ta maktab jamoasi, 4550 nafar o‘quvchi, (95.3%)
Jizzax viloyati — 471 ta maktab jamoasi, 2355 nafar o‘quvchi, (84.1%)
Namangan viloyati — 670 ta maktab jamoasi, 3350 nafar o‘quvchi, (93.7%)
Navoiy viloyati — 289 ta maktab jamoasi, 1445 nafar o‘quvchi, (78.7%)
Qashqadaryo viloyati — 609 ta maktab jamoasi, 3045 nafar o‘quvchi, (49.5%)
Samarqand viloyati — 656 ta maktab jamoasi, 3280 nafar o‘quvchi, (51.8%)
Sirdaryo viloyati — 283 ta maktab jamoasi, 1415 nafar o‘quvchi, (90.7%)
Surxondaryo viloyati — 796 ta maktab jamoasi, 3980 nafar o‘quvchi, (82.4%)
Toshkent viloyati — 596 ta maktab jamoasi, 2980 nafar o‘quvchi, (68%)
Xorazm viloyati — 512 ta maktab jamoasi, 2560 nafar o‘quvchi, (94.6%)
Toshkent shahri — 297 ta maktab jamoasi, 1485 nafar o‘quvchi, (91.1%)
Shuningdek, I, II va III-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar esa xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.
Ma’lumot o‘rnida: "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovi 2022 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va o‘tgan yili umumiy hisobda 6 442 ta maktab, 32 210 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.
