Asosiy kontentga o'tish

2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

2025-02-19 10:30:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish  bo'yicha konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash maqsadida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni tugatmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish imkoniyati beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq, eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun  arizalar joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz) orqali qabul qilinadi.

Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin. 

Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladigan maktablar ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

938

Oxirgi yangilanish: 2025-02-19 11:11:24

2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi