So‘ragan edingiz...
2025-01-25 14:05:00 / Yangiliklar

Mentor-o‘qituvchilarga ustamalar belgilanishi haqida xabar berilgandi. Ushbu ustama miqdori qancha va qachondan boshlab to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu haqida aytib o‘tilgan. Unga ko‘ra:
2025-yil 1-yanvardan boshlab — barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tarkibi shakllantiriladi.
❗️ Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
Ma’lumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida mentor-o‘qituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
