“Turon maktab teatri” tanloviga xususiy maktablar ham jalb etiladi
2025-01-09 11:15:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Turon maktab teatri” respublika tanlovi yangi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik mas’ullari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, aktyor va so‘z ustasi Valijon Shamsiyev, rejissor Ilhom Bo‘riboyevlar ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, tanlovning joriy yilgi mavsumida ishtirokchilarni ko‘plab yangiliklar kutmoqda. Jumladan, tanlovni tashkil etish davomida:
➖ umumta’lim maktablaridagi “Turon maktab teatri” to‘garagi a’zolari uchun o‘quv qo‘llanma ishlab chiqish;
➖ ishtirokchi jamoalarga 6-10 sinf o‘quvchilarini jalb etish va 2 ta shart asosida o‘tkazish;
➖ xususiy maktablar ishtirokini ham ta’minlash;
➖ faol ishtirok etgan jamoalar uchun rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar joriy etish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz: tanlovning yangi mavsumiga 2025-yil mart oyida start beriladi.
