Pedagoglar “Mustaqillik monumenti” poyiga gul qo‘ydi
2026-09-30 10:00:00 / Yangiliklar
“1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan poytaxtimizda o‘tkazilayotgan tadbir ishtirokchilari “Mustaqillik monumenti” poyiga gul qo‘yish tadbirida qatnashdi.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi va ustozlar xalqimizning ko‘p asrlik boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz jasorati yana bir bor yod etishdi.
