O‘qituvchilar Islom sivilizatsiya markaziga sayohat qilishdi
2026-09-29 15:00:00 / Yangiliklar
“1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir ishtirokchilari bugun kunning birinchi yarmida poytaxtimizda joylashgan Islom sivilizatsiya markaziga sayohat qilishdi.
Pedagoglar bu yerda xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimizning bebaho ilmiy-ma’naviy merosi hamda milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur sayohat tadbiridan katta taassurot olgan o‘qituvchilar markazdagi tarixiy eksponatlar va hamda milliy tarixchiligimiz namunalarini ko‘zdan kechirishdi.
Bayram tadbirlari davom etmoqda.
