“Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
2026-09-19 16:45:00 / Yangiliklar

Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻmdan mukofotlanadi
Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan xalqchil islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.
Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.
Bugun “Yil oʻqituvchisi” tanlovi mamlakatimizdagi barcha oʻqituvchilarning yangi marralar sari ruhlantirayotgan, jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va obroʻsini oshirishga katta turtki boʻlayotgani ijtimoiy minbarga aylanib bormoqda.
Bu yil birinchi bor oʻtkazilgan tanlovning aks-sadosi olis hududlar, qishloq va ovullarga qadar yetib bordi. Chekka manzilarda faoliyat borayotgan oʻqituvchilarimiz ham unda ishtirok etish uchun chinakam harakat qildi, oʻz salohiyatlarini koʻrsatishga urindi.
Sinovlar keyingi bosqichga oʻtgan sari bir-biridan qiziqarli, bir-biridan murosasiz boʻlib boraverdi. Ustozlarning bilimi, kasbiy salohiyati tanlov maydonida sinaldi, bahslarda toblandi.
Natijada ayni kunga kelib mamlakatimizdagi eng kuchli 208 nafar ustoz — “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari anqilandi.
Quyida mazkur gʻoliblar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin.
Maktabagcha va maktab taʼlimi vazirligi “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblarini samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yanada katta zafarlar tilaydi
