“Maktabgacha va maktab taʼlimida sifat kafolati va sifatni oshirishni mustahkamlash” loyihasiga start berildi
2026-09-18 12:00:00 / Yangiliklar

Toshkentdagi UNICEF vakolatxonasida "Maktabgacha va maktab ta‘limida sifatni ta‘minlash tizimini takomillashtirish" loyihasining rasmiy ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etib, mazkur loyihaning ahamiyati, uning o‘ziga xos jihatlari va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Seminarda vazirlik mutaxassislari, UNICEF va hamkor tashkilotlar vakillari hamda xalqaro ekspertlar qatnashdi.
Jarayonlar davomida:
🔹 zamonaviy yondashuvlar va amaldagi attestatsiya hamda akkreditatsiya tizimlari;
🔹 o‘quv dasturi, o‘qitish va baholash sohasidagi islohotlar;
🔹 O‘zbekistonning xalqaro baholash dasturlaridagi natijalari;
🔹 o‘quvchilar natijalarini o‘lchash va yaxshilash, sifat bo‘yicha xulosalar uchun dalillar to‘plash masalalari muhokama qilindi.
