"Kundalik.com" masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan memorandum imzolandi
2026-09-18 11:55:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev hamda "Kundalik.com" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Potapkin Aleksandr oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining dasturlash va sunʼiy intellekt sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tegishli vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muhim vazifalar oʻzaro muhokama qilindi.
Xususan, mamlakatimizdagi belgilangan umumtaʼlim maktablariga robototexnika jihozlarini yetkazib berish hamda pedagoglarni bir oylik kurs doirasida malakasini oshirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, 208 ta tuman (shahar)da bittadan yoʻlga qoʻyiladigan robototexnika toʻgaraklarida oʻquvchilarni oʻqitish tizimini joriy etish, maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil qilish, shuningdek ularni alohida dastur asosida oʻqitish orqali robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqalarga yuborish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida mazkur vazifalar ijrosini hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda "Kundalik.com" masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida memorandum imzolandi.
