Taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan SMART-ED qoʻshma loyihasiga start berilmoqda
2026-09-14 13:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev boshchiligidagi milliy ishchi guruhi aʼzolari hamda Alpha Plus – AQA Global Assessment Practices kompaniyasining xalqaro ekspertlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda taʼlim tashkilotlarining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblangan Attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi amaliyotini bekor qilmagan holda, uni nazorat (inspeksiya) modelidan sifatni uzluksiz takomillashtirishga yoʻnaltirilgan (enhancement-led) modelga bosqichma-bosqich oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida 2026-yil 14-17-sentyabr kunlari dastlabki oʻrganish bosqichi amalga oshiriladi. Mazkur bosqichda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, sifatni taʼminlash tizimining oʻrni va faoliyat yuritish mexanizmlarini chuqurroq oʻrganish maqsadida tegishli manfaatdor tomonlar bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazilishi belgilangan.
Shuningdek, 15-16-sentabr kunlari maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻzini oʻzi baholash hamda tashqi sifatni taʼminlash boʻyicha amaldagi jarayonlar va baholash mexanizmlari bilan tanishiladi.
Bundan tashqari, loyihaning rasmiy taqdimot seminari ham tashkil etilib, unda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash mezonlarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, loyihaning rasmiy taqdimot seminari ham tashkil etilib, unda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash mezonlarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
