“Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda
2026-09-09 11:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish 5tashabbus.uz platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.
