Vazir Bo‘zatov tumanida pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi
2026-09-07 18:00:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida iqtidorli o‘quvchilar bilan navbatdagi “Vazir va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqot davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, vazir Bo’zatovda ta’lim tizimi rahbarlari, pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Shuningdek, tumanning ta’lim sifati bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini yuksaltirish va pedagoglarning mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
