Vazirlik tizimidagi bir guruh mas‘ullar taqdirlandi
2026-08-27 09:30:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlarida mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarni taqdirladi.
Unda vazir oʻrinbosarlari, markaziy apparat xodimlari, Respublika tashkilotlari mas'ullari qatnashishdi. Tadbir avvalida vazir E‘zoza Karimova yangi o‘quv yilida kutilayotgan yangiliklar va ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi va barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng, bir guruh fidoyi va faol soha xodimlari "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi.
