Pedagog va rahbar kadrlar uchun kasbiy standartlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-08-26 10:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNESKO hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan o‘qituvchilar va maktab rahbarlari uchun kasbiy standartlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Birinchi Texnik ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir davomida pedagoglar uchun yagona yondashuvni shakllantirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda so‘z bordi.
