Xususiy ta’limga berilayotgan e’tibor — xalqaro e’tirofda
2026-08-20 12:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda xususiy ta’lim sektorini rivojlantirish va ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Buning yorqin namunasi sifatida Toshkent shahridagi “Sehriyo” nodavlat ta’lim muassasasining joriy yil iyul oyida Singapurda o‘tkazilgan “Brands For Good Awards-2026” xalqaro mukofotining “EDU FOR GOOD” toifasida g‘olib deb topilganini ta’kidlash mumkin.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Sehriyo” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda xususiy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va xalqaro tajribalarni joriy etishdagi o‘rni qayd etildi.
“Sehriyo” maktabining xalqaro mukofotga sazovor bo‘lishi — xususiy ta’lim sektoriga yaratilayotgan imkoniyatlar va sog‘lom raqobatning muhim natijasidir”, — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev.
Ma’lumot uchun: “EDU FOR GOOD” xalqaro mukofoti ta’lim tashkilotlariga ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy mas’uliyati, barqaror rivojlanish tashabbuslari hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.
