O‘zbekistonlik o‘qituvchilar ishtirokida Gonkongda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturi boshlandi
2026-08-19 10:00:00 / Yangiliklar
Dastur Gonkong Fan va Texnologiyalar Universitetining Guanchjou kampusida tashkil etilmoqda.
Dastur davomida o‘qituvchilar sun’iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi yondashuvlar, zamonaviy o‘qitish metodlari va amaliy texnologiyalar bilan tanishib, universitet professorlari va mutaxassislari bilan tajriba almashadi.
Eslatib o‘tamiz, “Day of AI” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirdi. Ular orasidan eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan 50 nafar o‘qituvchi ushbu xalqaro dasturda ishtirok etish uchun saralab olindi.
Ma’lumot uchun, Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti — dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings 2027-reytingida 33-o‘rinni egallagan.
