IT hamda “Madaniy muloqot va bagʻrikenglik” yoshlar oromgohlari tashkil etiladi
2026-08-03 15:25:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi tegishli qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, har bir hududda bittadan “Kelajak” markazlarida oʻyinlar yaratish va animatsiya sohasida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Shuningdek, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari IT hamda “Madaniy muloqot va bagʻrikenglik” yoshlar oromgohlariga ixtisoslashgan yoʻnalishlarda ham tashkil etiladi.
IT oromgohlariga axborot tehnologiyalariga qiziqishi yuqori boʻlgan 10 — 14 yoshgacha bolalar yoʻnaltiriladi va ularda matematika va informatika fanlari chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatiladi.
“Madaniy muloqot va bagʻrikenglik” yoshlar oromgohlarida:
yosh avlodda boshqa madaniyat va anʼanalarga nisbatan hurmat va ochiq munosabatni shakllantirishga katta eʼtibor qaratiladi
turli millat vakillariga mansub faol va bilimdon yoshlarning yozgi bolalar lagerlarida birgalikda dam olishi, jamoaviy faoliyatlarda ishtirok etishi hamda oʻzaro tajriba almashishi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Qarorning to‘liq matni
