Xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi
2026-07-29 17:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvardagi tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Ishchi guruh aʼzolari Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi 27-umumtaʼlim maktabida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Hozirda mazkur taʼlim muassasasida o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun qator to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, taʼlim muassasasida “Ichki ishlar sinfi” tashkil etilishi natijasida joriy yilda maktab o‘quvchilari ishtirokida hech qanday huquqbuzarlik holati kuzatilmadi.
O‘rganishlar davomida maktabdagi mavjud muammolar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarni sportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasi masʼullar ishtirokida tahliliy ko‘rib chiqildi.
O‘quv jarayonida taʼlim sifatini oshirish uchun sinfxonalarni elektron doskalar bilan taʼminlash hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
