Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
2026-07-28 18:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizning Olmazor tumanidagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Dastlab vazir tumandagi 24-maktabda bo’lib, ta’mir jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va mas’ullar axborotini eshitdi.
Mazkur muassasa 1300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni vaqtda mukammal ta’mirlanmoqda.
Shundan so‘ng, vazir 441-MTTdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi va o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu MTTga qo‘shimcha 360 o‘rinli yangi bino barpo etilmoqda.
