“Maktabga tayyormiz” loyihasi yo‘lga qo‘yildi
2026-07-14 16:00:00 / Yangiliklar

Ushbu loyiha doirasida joriy yilning iyul-avgust oylarida maktab bozoriga 2-4-sinflar uchun hamyonbop kanselyariya to‘plamlarini tayyorlash rejalashtirilgan.
Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va "Anglesey Food" MCHJ XK (Korzinka) rahbari Zafar Hoshimov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyihaning muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi va Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda ta‘kidlanganidek, loyiha doirasida 27 nomdagi kanselyariya to‘plamlarning bir qismi vazirlik tavsiyasiga asosan bir guruh o‘quvchilarga bepul tarzda berilishi, qo‘shimcha "Sovg‘a vaucheri" ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Bular 100 nafar a’lochi hamda olimpiada va tanlovlar ishtirokchilari, shuningdek, 400 nafar inklyuziv ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchiga topshiriladi.
