Sayyor qabul
2026-07-09 18:50:00 / Yangiliklar

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.Karimova boshchiligida Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 19-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar bevosita ishtirok etib, tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.
Xususan, jarayonlar davomida:
➖nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish,
➖ta’lim muassasalari mas’ul xodimlarining kasbiy faoliyati,
➖pedagoglarning mehnat munosabatlari, ish bilan ta’minlash,
➖2026-2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Vazir boshchiligida har bir murojaat atroflicha o‘rganib chiqildi hamda tegishli tartibda o‘rganish yuzasidan mas‘ullarga zarur topshiriqlar berildi.
