Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishning dolzarb masalalari
2026-06-25 17:40:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika tashxis markazi tomonidan “Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Unda mas'ullar, pedagog va ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Kembrij universiteti professorlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Konferensiya davomida oʻquvchilarni kasb tanlashga tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari, mehnat bozori talablariga mos kasbiy yoʻnaltirish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt asosidagi diagnostika vositalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
