Oliy ta’lim olishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat siz uchun!
2026-06-24 13:00:00 / Yangiliklar
Pedagogika OTMlarning maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlarning DUAL taʼlim shakli (1+5) ga hujjatlar qabuli tugashiga 1 KUN qoldi!
Ayni damda 2026-2027-oʻquv yilidan uchun pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlarni dual taʼlim shakli (1+5) uchun roʻyxatdan oʻtish jarayonlari davom etmoqda.
Roʻyxatdan oʻtish 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Eslatib o'tamiz: MTTlarda faoliyat olib borayotgan (kamida uch yil) oʻrta-maxsus maʼlumotli xodimlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz) yoki my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/service/42) sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati (https://api-portal.gov.uz/uploads/9/2026/06/22/c492268e-5b13-e0f5-e3cb-b681e6b02f6c_media_.pdf)
