UNICEF bilan hamkorlikda treninglar tashkil etildi
2026-06-16 15:00:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan International Step by Step Association hamda UNICEF bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim sohasida ilk marotaba milliy trenerlarni tayyorlashga qaratilgan treninglar tashkil etildi.
Unda maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Mahorat darslari davomida:
mentorlik tizimi va uni amalga oshirish strategiyasi,
mentorlik kompetensiyalari tuzilmasini (MKT) shakllantirish,
mentorlik munosabatlari doirasida maqsadlarni birgalikda belgilash va takomillashtirish,
milliy kaskad modelida bosh mentorning o‘rnini belgilash kabi mavzularda so'z bordi.
Jarayonlar 19-iyunga qadar davom etadi.
