Gʻoliblar Germaniyada boʻlib oʻtadigan xalqaro festivalga yoʻl oladi
2026-06-12 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun poytaxtimizda 9- va 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Germaniyaning Gyote instituti bilan hamkorlikda “InfoCheck Central Asia“ xalqaro xakatoniga start berildi.
Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev hamda Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali rahbari Barbara Anna Bernsmeiyer qatnashib, loyihaning muhim jihatlari borasida soʻz yuritdi.
📊 Unda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston yoshlari oʻz loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.
3 kun davom etadigan musobaqalar doirasida 4 ta yoʻnalishda bahs olib boriladi:
Dezinformatsiya va feyk kontentga qarshi yechimlar;
Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va kibergigiyena;
Kiberbullingning oldini olish;
Zamonaviy interaktiv ta’lim kontentini yaratish.
Xakaton yakunida 1- va 2-oʻrin gʻoliblari Germaniyada boʻlib oʻtadigan nufuzli xalqaro festivaliga yoʻllanma oladi. 3-o‘rin g‘oliblari qimmatbaho maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi.
