Хayr, bogʻcha — salom, maktab!
2026-05-26 10:00:00 / Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari uchun “Хayr, bogʻcham — salom, maktab!” bayram tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar she’rlar, sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar orqali bog‘chada egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
