Xitoy: Vazir boshchiligidagi delegatsiya “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi – 2026”da ishtirok etdi
2026-05-12 14:00:00 / Yangiliklar
Tadbir ochilishida Xitoy Xalq Respublikasi Vitse-prezidenti Xan Chjen sunʼiy intellekt davrida taʼlim transformatsiyasi global taraqqiyotning muhim omiliga aylanganini taʼkidlab, raqamli taʼlimni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik ahamiyati ortib borayotganini qayd etdi.
Konferensiyada turli davlatlarning taʼlim vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti laureatlari hamda yetakchi texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida vazir E’zoza Karimova Qozog‘iston, Tayland, Buyuk Britaniya va Serbiya taʼlim vazirlari bilan qisqa uchrashuvlar o‘tkazib, raqamli taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
