Maktablarga “Climate Box” ta’limiy to‘plamlari topshirildi
2026-05-08 10:00:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda BMTTD hamkorligida mamlakat maktablariga 4 060 ta innovatsion “Climate Box” ta’limiy to‘plamlari topshirildi.
To‘plamlar, avvalo, chekka hududlardagi maktablarga yo‘naltirilgan bo‘lib, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bilimlardan teng foydalanishni ta’minlaydi. Interfaol materiallar ekologik mavzularni qiziqarli darslarga aylantirishga yordam beradi.
Mazkur tashabbus “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida hamda Rossiya trast jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Batafsil: https://go.undp.org/T9d
