Maktabda futbol maydonini qurish uchun tamal toshi qo‘yildi
2026-05-07 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun poytaxtimizdagi 90-maktabda o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun futbol maydoni qurilishi munosabati bilan tamal toshi qo‘yildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, O‘zbekiston futbol asotsiatsiyasi raisi Ravshan Irmatov, mahalla faollari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
Maktab jamoasi va mahalla aholisi ushbu sport maydoni uzoq yillar o‘quvchilarga xizmat qilishi, futbol maydonida eng sara yoshlar tarbiyalanib, yurtimiz bayrog‘ini dunyo uzra xilpiratishi haqida samimiy tilaklar bildirdi.
