“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi sinovlari davom etmoqda
2026-05-05 15:00:00 / Yangiliklar
Ayni damda poytaxtimizda “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari uchun speaking (og‘zaki) sinovlari davom etmoqda.
Unda o‘quvchilarning amaliy nutq ko‘nikmalari baholanmoqda.
Ta’kidlash joiz, mazkur jarayonlar loyiha doirasida o’quvchilar uchun bepul tarzda tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o’quvchilarning O’qish (Reading), Tinglab tushunish (Listening) va Yozish (Writing) bo‘yicha imtihonlari joriy yilning 20-23-aprel kunlari bo‘lib o’tgan edi.
