“Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishini nazorat qilish boʻyicha yangi yondashuv” mavzusida oʻquv-seminar tashkil qilindi
2026-04-29 18:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 18-dekabrdagi tegishli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishini nazorat qilish boʻyicha yangi yondashuv” mavzusida oʻquv-seminar tashkil qilindi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilov, Hisob palatasi vakili Dilshod Normatov hamda vazirlik tizim tashkilotlari moliya-buxgalteriya yoʻnalishi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda:
➖ respublika va mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish;
➖ nazoratning yangi yondashuvini joriy etish orqali budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflanishida qonunbuzilish holatlarini oldini olish;
➖ tizimli muammolarni bartaraf etish, mablagʻlarning samaradorligi, natijadorligi va shaffofligini taʼminlash boʻyicha ishtirokchilarga qator koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Shuningdek, jarayonlarni raqamlashtirishda sunʼiy intelekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali inson omilini kamaytirish, davlat xaridlarida raqobat va xolislik, mutanosiblik prinsiplarini qoʻllash muhimligi taʼkidlandi.
