Turkiyada “Turk dunyosi bolalar milliy o‘yinlari festivali" boʻlib oʻtmoqda
2026-04-29 12:00:00 / Yangiliklar
Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirg’izton, Turkmaniston, Shimoliy Kipr, Vengriya va O'zbekiston jamoalari ishtirok etmoqda.
Mazkur festivalga oʻzbekistonlik oʻquvchilar milliy sahna koʻrinishlari hamda taqdimotlar bilan qatnashishmoqda.
Tadbir davomida turli mamlakatlardan kelgan oʻquvchilar milliy o‘yin hamda raqslarini namoyish etishdi, ular ishtirokida madaniy tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi.
Jarayonlarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va hududiy bo‘linmalar mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.
Maʻlumot oʻrnida: festival joriy yilning 30-apreliga qadar davom etadi.
