Xalqaro biologiya olimpiadasi o‘tkazilmoqda
2026-04-24 10:00:00 / Yangiliklar

Ayni damda Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining ikkinchi — nazariy qismi bo‘lib o‘tmoqda.
2-tur yozma ish (nazariy) shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun 4 soat vaqt beriladi.
Ma‘lumot o‘rnida: jarayonlar Turon xalqaro universitetida tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil ikkinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur olimpiada ilk bora 2024-yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro bo‘lib o‘tgan.
Unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medal bilan xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylangan edi.
