O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyada ishtirok etdi
2026-04-23 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Irqiy kamsitishni tugatish qo‘mitasining 117-sessiyasida ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro tadbir doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarga O‘zbekiston tomonidan Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etdi.
U o‘z nutqida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida tenglikni ta’minlash, barcha bolalar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
