“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining yangi mavsumiga start berilmoqda!
2026-04-14 12:00:00 / Yangiliklar
Tanlovning birinchi — tuman (shahar) bosqichi – 21-30-APREL kunlari kunlari boʻlib oʻtadi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
➖ Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mutaxassislari uchun:
➖“Eng namunali direktor oʻrinbosari”;
➖“Eng yaxshi oʻyin orqali taʼlim beruvchi tarbiyachi”;
➖“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
➖“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;
➖“Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”;
➖“Maʼnaviy qadriyatlar tarbiyachisi”.
➖ Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:
➖“Oʻyin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”;
➖“Eng namunali tarbiyachi”.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar
joriy yilning 19-APREL kuniga qadar
ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Bunda talabgorlar quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etish lozim:
DMTT direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari pedagogik kengashi qarori;
ONMTT tarbiyachilari faoliyat yuritayotgan YATT maʼlumotnomasi;
mehnat daftarchasidan koʻchirma.
Tanlovda sovrinli oʻrinlarni egallagan:
oliy maʼlumotli ishtirokchilarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi;
oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.
