PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlariga start berildi
2026-04-15 10:00:00 / Yangiliklar

Navoiy va Buxoro viloyatlaridan tanlab olingan maktablarda PIRLS 2026 xalqaro baholash dasturining asosiy sinov jarayonlari boshlandi.
Tadqiqotda ishtirok etish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlaridan 164 ta maktab reprezentativlik va tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi.
Mazkur maktablardan 6000 nafarga yaqin 4-sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalari, 214 nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari va 164 nafar maktab direktorlari ishtiroki rejalashtirilgan.
PIRLS tadqiqoti doirasidagi testlar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini, xususan:
matndan ma’lumotlarni ajratib olish;
xulosalar chiqarish;
g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish;
matn mazmunini baholash va tanqidiy tahlil qilish kabi oʻqib tushunish ko‘nikmalarini baholaydi.
Mazkur xalqaro tadqiqot orqali ta’lim tizimining zamonaviy o‘zgarishlarga moslashuvchanligi aniqlanadi.
Ishtirokchi o‘quvchilarimizga omad tilaymiz!
Ma’lumot uchun, PIRLS 2026 baholash tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakat hamda ta’lim tizimlari qatnashmoqda va O‘zbekiston PIRLS tadqiqotida ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda.
