Amir Temur tavalludi munosabati bilan joylarda qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda
2026-04-09 14:00:00 / Yangiliklar

Buyuk sarkarda va mashhur davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan joylarda qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Bugun davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida joylashgan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi va bir guruh maktab o‘quvchilari ham ishtirok etdi hamda buyuk bobokalonimizga hurmat bildirishdi.
