Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Assalom, Navro‘z!” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi
2026-04-02 10:25:00 / Yangiliklar

Xususan, Yunusobod tumanidagi “Bolajon” nomli 532-DMTTda, Yakkasaroy tumanidagi 125-DMTTda, Sergeli tumanidagi 600-DMTTda hamda Yunusobod tumanidagi 206-DMTTda bayram tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda sumalak sayli, milliy xalq o‘yinlari, tarbiyalanuvchilar ishtirokidagi raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Pedagoglar tomonidan ijro etilgan o‘zbek xalq laparlari bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
