UNESCO tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-01 17:00:00 / Yangiliklar
Unda vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi hamda mas‘ullar qatnashdi.
Muloqot davomida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” (SmartED) loyihasi doirasida bugungi kunga qadar erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Xususan, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda inkluziv ta’limni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar tomonidan kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini kuchaytirish, zamonaviy o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
