Nemis tili o‘qituvchilari uchun seminarlarning birinchi bosqichi yakunlandi
2026-03-30 13:00:00 / Yangiliklar
Ushbu bosqich xalqaro til imtihonlari bo’yicha mutaxassis Dominik Glezner tomonidan olib borildi.
Jarayonlar davomida ishtirokchilarga darsni kompetensiyaga yo‘naltirib tashkil etish, o‘quv maqsadlarini aniq belgilash hamda tilni real hayotiy vaziyatlarga bog’lab o‘rgatish bo‘yicha “telc” yondoshuvlari hamda ilg‘or pedagogik va metodik tavsiyalar ulashildi.
Seminar keyingi bosqichi onlayn shaklda davom ettirilmoqda, unda o‘rganilgan bilimlarni chuqurlashtirish va amaliyotga keng joriy etish ko‘zda tutilgan.
Masofaviy treninglar TELC mutaxassisi Ruben Grieb tomonidan olib borilmoqda.
Unda quyidagi yo‘nalishlarda so‘z yuritiladi:
➖ Raqamli professional kompetensiyalarni rivojlantirish;
➖ raqamli vositalar va sun’iy intellektdan didaktik asosda samarali foydalanish;
➖ Onlayn o‘quv jarayonini tizimli qo‘llab-quvvatlash – feedback, baholash va formativ diagnostika.
