Bayram tuhfasi
2026-03-18 10:00:00 / Yangiliklar
Navro‘z ayyomi arafasida yurtimizning turli hududlarida yangi ta’lim maskanlarining foydalanishga topshirilayotganligi bolajonlar uchun munosib bayram tuhfasi bo‘lmoqda. Jumladan:
Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Safkarda qishlog‘ida ishga tushirilgan hamda 90 o‘ringa ega 50-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi.
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Anorzor mahallasida “Madina” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Mahalla faollari va ota-onalar ishtirokida o‘tgan ochilish marosimida bolajonlar uchun bayramona ruhda o‘tdi.
Sirdaryo viloyati, Guliston tumanida 11-maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, qayta foydalanishga topshirildi. Endilikda bu yerda 300 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida 720 o‘rinli yangi zamonaviy qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi. Ushbu inshoot o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
